“Yil ayoli» va “Gender tenglik faoli-2023” ko‘rik tanlovlarining Mirobod tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
13-oktyabr kuni tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan «Yil ayoli» va Gender tenglik faoli ko‘rik tanlovlarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Qurilish muhandisligi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi raisi N.B. Ruziyeva hamda «Oliy matematika» kafedrasi asistenti N.K. Ochilovalar universitet nomidan ishtirok etib, nominatsiyalarga ega bo’ldilar.
Ushbu tadbirda jamiyatda ilg‘or fikrlarga ega bo‘lgan va atrofdagilarga namuna bo‘la oladigan, tadbirkor, tashabbuskor, faol ayollarimiz yana bir bor e’tirof etildilar.