Bugungi kunda Toshkent davlat transport universiteti va uning tarkibiy bo‘linmalarida ayollar va erkaklar uchun barcha mehnat sharoitlari yaratilgan, ular teng huquq va imkoniyatlardan foydalanmoqda.

Ishga qabul qilish, xodimlarni joylashtirish va teng mehnat sharoitlarini yaratish sohasida

Universitetda ishga qabul qilishda erkaklar va ayollarning teng huquqlarini kafolatlaydi. jami 1649 nafar xodim mehnat qiladi, shundan 733 nafari (44 foiz) ayollardir.
Ayni paytda universitetda Bo‘lim boshliqlari – 15nafar, ulardan ayollar-8 (53%), dekan o‘rinbosarlari -37nafar, ulardan ayollar – 7 (19%), kafedra mudirlari- 42nafar, ulardan ayollar – 7 (18%), professor-o‘qituvchilar -666nafar, ulardan ayollar-180 (37%). Bakalavriat kunduzgi umumiy talabalar soni -9502 nafar, ulardan talaba qizlar soni-959 nafar (10%) tashkil etadi
Teng imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, homilador ayollar va bolasi bor ayollarni ishga joylashtirish kafolatlari, ayollarga yillik ta’til, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari tartibini belgilashda beriladigan imtiyozlar, homilador va bolali ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish so‘zsiz qo‘llaniladi.
Universitetda mehnat qonunchiligiga rioya qilish, xodimlarning ijtimoiy himoyasi holatini aniqlash va baholash bo‘yicha tizimli anonim so‘rov o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, xodimlar kun davomida o‘z faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishi uchun vaqtni boshqarishning yangi zamonaviy modellaridan foydalanish targ‘ib qilinmoqda.
Universitetning 2024-yil 11-yanvardagi 16-U son buyrug‘iga ayollar va erkaklar teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi tashkil etilgan.
Kengashning asosiy vazifasi faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini, huquqiy bilimini oshirish, ayniqsa, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolarni o‘rganish va hal etishda ko‘maklashishdan iborat.

Gender tenglik madaniyatini targ‘ib qilish yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-562-sonli “Ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga, ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan materiallar to‘plami tayyorlandi, vazirlik xodimlariga huquqiy targ‘ibot ishlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish maqsadida axborot-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.