Ma’lumki, xotin-qizlar va erkaklar o’rtasidagi munosabatlar jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, huquq, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo’ladigan ijtimoiy jihat hisoblanadi.

Jumladan, bugun – 19.01.2024 kuni 5TTJ da istiqomat qiladigan talaba-qizlarimizga Xotin-qizlar masalalari rektor maslahatchisi F.I.Mamurova tomonidan Gender tenglik: “Zo’ravonlikka qarshimiz” mavzusi haqida tushunchalar berildi. Suxbat davomida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonun va shu sohaga oid qonun hujjatlari asosida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari , tazyiq va zo’ravonlikdan ishonchli himoya qilinishini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida talabalar bilan fikr almashildi.

Ushbu davra suhbati davomida xotin-qizlarning ta’lim olishi, ilm egallashi jamiyat, millat taraqqiyotining asosi ekani yuzasidan ham mulohazalar yuritildi.